Oʻzbekistonda oʻgʻil bolalar koʻp tugʻilyaptimi yoki qizlar? Oxirgi 16 yillik tahlili.
2010-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekistonda jami 12 mln 486 ming 844 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ulardan 6 mln 482 ming 375 nafari oʻgʻil, 6 mln 4 ming 469 nafari qiz bolalardir. 16 yillik umumiy koʻrsatkich boʻyicha butun respublikada oʻgʻil bolalar qizlarga nisbatan 477 ming 906 nafarga (7,96 foizga) koʻp tugʻilgan. Bu har 100 nafar qiz chaqaloqqa oʻrtacha 108 nafar oʻgʻil bola toʻgʻri kelayotganini anglatadi..
