Viloyat hokimlari Qoraqalpogʻistonda ming gektardan bogʻ yaratishga masʼul boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bogʻdorchilik agentligi oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv taʼminoti yaratiladi. Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir hududda 50 gektardan bogʻ joriy yil, qolgan maydonlarda bahorda barpo etiladi..
