Qoraqalpogʻistonda oltin qazib olish va qayta ishlash klasteri tashkil etiladi.
Xitoylik investor Qoraoʻzakdagi “Urusoy” koniga 33 mln dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zaxirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish oʻrni yaratilgan. Prezident bir oyda investorlar koʻtargan masalalarni hal qilib, hududda mingta ish oʻrniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etishni topshirdi..
