Doniyor Turgʻunov qamaldi.
BMW mashinasida yoʻl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborib, uning oʻlimiga sabab boʻlgan voyaga yetmagan Doniyor Turgʻunovga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi yuzasidan yopiq sud majlisi nihoyasiga yetdi. Sud hukmi bilan unga 2 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi..
