2026-yilning birinchi yarmi uchun davlat byudjetining ijrosi. Defitsit - 14 trln soʻmgacha qisqardi.
Birinchi yarim yillik yakunlariga koʻra, konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 287,2 trln soʻmni, xarajatlari esa 301,2 trln soʻmni tashkil etdi. Byudjet defitsiti 13,9 trln soʻm yoki YaIMga nisbatan 0,7 foiz darajasida shakllandi. Taqqoslash uchun, 2025-yilning mos davrida taqchillik 32,6 trln soʻmni tashkil etgandi..
