Payariqda qadimiy qabr, Urgutda ganch haykal boshi topildi.
Samarqand viloyatining Payariq tumanida soʻnggi bronza davriga oid boʻlishi mumkin boʻlgan qadimiy qabr, Urgut tumanidagi Qoʻrgʻontepa majmuasida esa ganchdan yasalgan haykal boshi topildi. Buyuk Britaniyaning Heritage Daily ilmiy nashri ushbu topilmalar Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini yana bir bor namoyon etayotganini qayd etdi..
