Kiyevga tungi raketa hujumida kamida 12 kishi jarohatlandi.
Rossiya 17-sentabrga oʻtar kechasi Kiyev va Odessaga hujum qildi. Ukraina rasmiylariga koʻra, Kiyevda kamida 12 kishi, jumladan 10 va 12 yoshli ikki bola jarohatlangan. Odessada esa uch kishi, ular orasida toʻrt yoshli bola yaralangan. Bir kun avval Sumiga berilgan zarbalar oqibatida bir kishi halok boʻlib, toʻqqiz kishi jarohatlangan..
