Dubayda ogʻir vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi.
Ishga joylashish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklariga borgan Oʻzbekiston fuqarosi ish topa olmay, moliyaviy qiyinchilikka duch keldi. Yashash, ovqatlanish va qaytish chiptasi uchun mablagʻsiz qolgan fuqaro Oʻzbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi koʻmagida vatanga qaytarildi..
