Oʻyin ichida oʻyin: fuqaro “ikki bosqichli” firibgarlik sxemasi jabrlanuvchisiga aylandi.
Andijonlik erkak oʻz ixtiyori bilan bankdan 80 mln soʻm kredit rasmiylashtirib, ushbu mablagʻni firibgarlar aytgan kartaga P2P shaklida oʻtkazib berdi. Firibgarlar bunga erishish uchun qopqon ichiga qopqon qoʻyishdi: birinchisiga tushmagan erkak ikkinchi qopqonga ilinganini oʻzi sezmay qoldi..
