«Uning ovozi va prinsiplari tirik» - jurnalist Alisher Roʻzioxunov xotirasiga bagʻishlangan film namoyish etildi.
14-sentabr kuni Kontent markazida jurnalist Alisher Roʻzioxunov xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi. Filmda uning hayoti, jurnalistikadagi faoliyati va kasbga sadoqati hamkasblari xotiralarida tasvirlanadi. Jurnalist Yulduz Olimovaning aytishicha, loyihadan maqsad Alisher Roʻzioxunovning hayoti va faoliyati orqali jurnalist uchun muhim qadriyatlarni koʻrsatish..
