Yekaterinburgda ogʻir ahvolda qolgan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ogʻir jarohat olib, moddiy qiyinchilikka duch kelgan Oʻzbekiston fuqarosi diplomatlar koʻmagida vatanga qaytarildi. Unga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib, Migratsiya agentligi jamgʻarmasi hisobidan Toshkentga aviachipta xarid qilindi..
