Sirdaryoda ekoinspektor oʻlimi yuzasidan 3 kishi ushlandi.
Sirdaryo daryosida Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirov halok boʻlishi bilan bogʻliq ish doirasida uch nafar fuqaro ushlandi. Ular ehtiyotsizlik ortidan odam oʻldirishda gumonlanmoqda. Shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish va hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish moddalari boʻyicha ham jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan..
