Belgiyadagi «IKEA rejasi» sud nizosiga sabab boʻldi.
Yevropa Ittifoqi sudi Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi va Belgiyadagi oʻta oʻng «Flamand manfaati» partiyasi oʻrtasidagi tovar belgisidan foydalanishga oid nizoda kompaniya pozitsiyasini qoʻllab-quvvatladi. Sudga koʻra, siyosiy kampaniyada IKEA nomidan foydalanish brend obroʻsiga zarar yetkazishi mumkin. Ish boʻyicha yakuniy qarorni Belgiya sudi chiqaradi..
