“Dom”ning 1-qavatidagi kvartiradan tijoriy maqsadda foydalanish osonlashadi.
Koʻp qavatli uylarning 1-qavatidagi kvartiralarni noturar joy toifasiga oʻtkazmasdan sartaroshxona, goʻzallik saloni, kichik doʻkon, atelye, poyabzal va maishiy texnika ustaxonasi kabi savdo-servis faoliyatini tashkil etishga ruxsat beriladi. Qishloqlarda ehtiyojmand oila aʼzosini ishga olgan korxonalar uchun 1-oktabrdan shu xodim boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz boʻladi..
