Sirdaryoda jinoyat sodir qilgan 2 nafar IIB xodimi qamaldi.
Xovos tumani IIBning ikki xodimi jinoiy ishni maʼmuriy huquqbuzarlikka aylantirib berish vaʼdasi bilan fuqarodan 35 mln soʻm talab qilishgan. Ular kelishilgan mablagʻning bir qismini olayotganda tezkor tadbirda ushlangan. Sud ularni pora olish va dalillarni qalbakilashtirish jinoyatlarida aybli deb topdi..
