“Tillalarni oʻgʻirlamadim” - Turkiyada oʻzbekistonlik kelin toʻydan soʻng oʻgʻrilikda ayblandi.
Oʻzbekistonlik 28 yoshli ayol Turkiyadagi oilalardan biriga kelin boʻlib tushgan. Turk nashrlari ayolning toʻydan soʻng kuyov tomon bergan tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlab qochib ketgani haqida xabar tarqatdi. Maʼlum boʻlishicha, ayol hech qayerga qochib ketmagan. U mahalliy politsiya boʻlimiga borib, oʻziga nisbatan daʼvolarni rad etgan. Ayolning aytishicha, tillalarni qaynotasi kredit va qarzlarni yopish uchun sotib yuborgan..
