Latviya Rossiya va Belarusga avtobuslar uchun chegarani yopmoqchi.
Latviya hukumati 2027-yil 1-yanvardan Rossiya va Belarusga muntazam avtobus qatnovlarini, shu jumladan mamlakat hududi orqali oʻtadigan tranzit reyslarni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Tegishli oʻzgartishlar mamlakat Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, hukumat koʻrib chiqishi uchun kiritilgan..
