Yirik OTMlar va shifoxonalarga xususiy investorlar jalb etiladi.
Oʻzbekistonda yirik oliy taʼlim muassasalari va respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyati bosqichma-bosqich tijoratlashtiriladi. Bu – 27-avgust kuni imzolangan prezident farmonida nazarda tutilgan..
