Farmon: 100 trln soʻmlik aktivlar xususiylashtiriladi.
Prezident farmoni bilan, joriy yilda umumiy qiymati 100 trillion soʻmga yaqin aktivlar va yer uchastkalarini savdoga chiqarish hamda joriy yilning oʻzida kamida 14 trillion soʻmlik tushumni taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Turonbank, “Oʻzekspomarkaz”, Xalqaro hamkorlik markazi (suratda) va hududlardagi bozorlar xususiylashtiriladi. 2022-yilda sotilgan Humo Air kompaniyasi yana xususiylashtirish dasturiga kiritildi..
