Suddan noodatiy qaror: Toshkent viloyatida MFY va fuqarolarga 1 758 tup daraxtni koʻchirish majburiyati yuklandi.
Toshkent tumanidagi Qizgʻaldoq mahallasida fuqarolar 2023-yilda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ruxsati bilan yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi muhofaza zonasidagi yer maydonini obodonlashtirgan. 2 ming tupga yaqin daraxt koʻchati oʻtqazilgan hudud bugun yashil zonaga aylangan. Sud mahalla va fuqarolarga ushbu daraxtlarni koʻchirish majburiyatini yuklamoqda..
