Fargʻonada 210 ming dollarga tuman hokimi lavozimiga ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.
Oʻzini hakamlik sudida sudya yordamchisi deb tanishtirgan shaxs fuqaroga Uchkoʻprik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan. Buni goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirishini aytgan. Evaziga 210 ming dollar soʻrab, shundan 100 ming dollarini olganda ushlangan..
