Jarima ballari qanday qoidabuzarliklar uchun hisoblanadi va qachon haydovchilik huquqidan mahrum qilinish mumkin?.
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-iyundan jarima ballari tizimi ishga tushdi. Aksariyat haydovchilar: 12 ball toʻplasam, huquqimdan mahrum boʻlaman, deb oʻylaydi. Aslida esa chegara boshqacha, qarorni sud qabul qiladi, ballar esa har doim ham transport vositasini boshqargan shaxsga yozilmaydi.Qaysi qoidabuzarliklar uchun ballar hisoblanishi, har bir qoidabuzarlik uchun qancha ball berilishi, ular qachon bekor boʻlishi va ballar xato hisoblangan boʻlsa, nima qilish kerakligi haqida soʻz yuritamiz..
