AIST School: 900 oʻquvchiga moʻljallangan yangi maktab ish boshladi.
Ochilish marosimida mehmonlarga taʼlim muassasasi infratuzilmasi, zamonaviy sinfxonalari va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy oʻquv dasturi bilan bir qatorda xalqaro yondashuvlardan foydalanish, oʻquvchilarning akademik bilimi, zamonaviy kasbiy va hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirishga eʼtibor qaratilishi maʼlum qilindi..
