Ukraina bosh prokurori ofisida tintuv oʻtkazildi.
Ukraina Korrupsiyaga qarshi milliy byurosi (KQMB) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (KQIP) mamlakat bosh prokurori ofisida tintuv oʻtkazdi. Tergov firibgarlik koll-markazlari tarmogʻiga «homiylik» qilish va mol-mulkni legallashtirishda gumonlanayotgan jinoiy guruh faoliyati bilan bogʻliq. Tergov versiyasiga koʻra, guruhga bosh prokuror ofisi xodimi rahbarlik qilgan boʻlishi mumkin..
