Moskvada bir kunda ikki muxolifatchi nomzod ushlandi.
Moskvada Rossiya Davlat dumasi saylovlarida bir mandatli okruglardan ishtirok etayotgan muxolifatdagi «Yabloko» partiyasining ikki nomzodi - Anna Shatunovskaya-Byurno va Grigoriy Grishin ushlandi. Ularga «ekstremistik ramzlarni namoyish etish» bilan bogʻliq maʼmuriy ayblov qoʻyilgan. Sud ularni aybdor deb topsa, nomzodlar saylov kampaniyasidan chetlatilishi mumkin..
