NASA Oyga qaytish uchun soddaroq skafandr tanladi.
NASA XXI asrda astronavtlarni Oy yuzasiga olib chiqadigan dastlabki missiyalarda nisbatan sodda va yengil skafandrdan foydalanishga qaror qildi. Bu orqali agentlik «Artemida» dasturini tezlashtirish va 2028-yilda Oyning janubiy qutbi hududiga insonlarni tushirish rejasini amalga oshirishni koʻzlamoqda..
