Jamoat xavfsizligi universitetida qabul kvotalari oshiriladi.
2026-2027 oʻquv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetining yillik qabul kvotasi kunduzgi bakalavriatda 600 nafar kursantgacha, masofaviy taʼlimda esa 300 nafar tinglovchigacha oshiriladi. Qabul kvotalarining toʻrtdan uch qismi Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun jamoat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashga ajratiladi..
