Xitoy tijorat kemalari harbiy aloqa signallarini kuzatayotgani iddao qilindi.
Xitoyning yirik COSCO yuk tashish kompaniyasiga tegishli tijorat kemalari yashirin radioelektron razvedka platformalari sifatida ishlatilayotgan boʻlishi mumkin. Reuters suhbatlashgan AQSH maʼmuriyati vakillariga koʻra, bunday kemalar Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyodagi dengiz hamda havo transport vositalaridan tarqaladigan aloqa signallarini tutib olish imkoniga ega. Xitoy tomoni esa bu daʼvolarni rad etgan..
