“Oltin medal olishni kutmagandim”: xalqaro olimpiadada gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik oʻquvchilar bilan suhbat.
Abdulloh Razzoqov hamda Islombek Oʻrolov AQShning Nyu-York shahrida oʻtkazilgan NEO Science olimpiadasida biologiya va matematika fanlari boʻyicha yuqori natijalarni qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Finalgacha 10 mingdan ortiq nomzod orasidan saralangan yosh iqtidor egalari yakuniy bosqichda 32 davlatdan kelgan 600 nafardan ortiq ishtirokchi bilan kuch sinashdi va yakunda gʻoliblar safidan oʻrin oldi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda yigitlar olimpiada qanday boʻlgani va tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirib berdi..
