Xitoy Yer va Oy oʻrtasida «lazer koʻprigi» yaratdi.
Xitoylik tadqiqotchilar Yer va Oy oʻrtasida 400 ming kilometrdan ortiq masofada ikki tomonlama yuqori tezlikdagi lazer aloqasini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi. Tajriba davomida Yerdan kosmosga maʼlumot uzatish tezligi sekundiga 1,25 megabitni, Oy tomondan Yerga uzatish tezligi esa sekundiga 100 megabitni tashkil etdi..
