Glinka koʻchasidagi hodisa issiqlik taʼminoti bilan bogʻliq emas - Veolia.
Yakkasaroy tumanida bir kishining jabrlanishiga olib kelgan ehtimoliy portlashdan keyingi asfalt oʻpirilishi – issiqlik tarmoqlari bilan bogʻliq emas, deb bayonot berdi Veolia kompaniyasi. Tekshiruvda aniqlanishicha, hodisa joyidagi issiqlik taʼminoti quvurlari butun va shikastlanmagan. Joriy yilda yotqizilgan magistral quvur boʻsh holatda: suvsiz va bosimsiz boʻlgan..
