600 metrlik oraliq: Xitoyda rekordchi koʻprik qurildi.
Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi Tyane–Luntan koʻprigining asosiy oraligʻi 600 metrni tashkil etib, beton arkali koʻpriklar boʻyicha yangi jahon rekordi oʻrnatdi. Muhandislar konstruksiya ogʻirligini kamaytirish va beton sarfini qisqartirish orqali ilgari deyarli yetib boʻlmaydi deb hisoblangan chegaradan oʻtishga muvaffaq boʻlgan..
