Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari uchun 1 million nusxa kitob xarid qilish taklif etildi.
Oʻzbekistonda Qurolli Kuchlar tarkibidagi harbiy qism va muassasalar kutubxonalarini 1 million nusxadagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda. Loyihaga koʻra, muddatli harbiy xizmatchilar «Alpomish», «Boburnoma», «Oʻtgan kunlar» kabi asarlar hamda Choʻlpon, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf ijodidan qator sheʼrlarni oʻqib-oʻrganishi ham nazarda tutilgan..
