9 mingga yaqin mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi.
Oʻzbekiston boʻylab aksariyat mahallalardagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi: tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi. Hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlashga oʻqitish uchun xorijdan mutaxassislar jalb qilinadi. Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini endi prezident emas, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank belgilaydi va har chorakda yangilab boradi..
