Yunusobodda somsa sotgan şaxs jarimaga tortilib, somsalari yöq qilinişi belgilandi
Soliq organi tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy şuğullangan, yaʼni somsa sotgan erkakni aniqlab, işni sudga oşirgan. Sud uni 2 mln söm jarimaga tortib, tekşiruv paytida olib qöyilgan 140 ming söm naqd pulini davlat foydasiga musodora qiliş, olib qöyilgan 26 ta somsani esa yöq qiliş haqida qaror çiqardi. Erkak suddagi körsatmasida oilada yagona boquvçi ekani sabab şunga majbur bölganini aytgan.
