“Taʼmirtalab yöllarimiz 20 foizgaça” - Avtomobil yöllari qömitasi raisi
Jamşid Tursunovga köra Özbekistonda taʼmirtalab yöllar ön yilda 70 foizdan 19 foizga tuşgan. "Avval aholi “yölimni asfalt qilib bering, qaçongaça tuproq yölda bolam çang yutib, loyga botib maktabga borişi kerak” deb murojaat qilardi. Bugunga kelib “trotuar qurib bering, yölimni yoritib bering, tezlikni kamaytiriş uçun sunʼiy tösiqlar örnatib bering”, deb murojaat qilmoqda, deydi qömita raisi.
