“Yevropa Ukrainani yaxshi koʻrgani uchun qoʻllayotgani yoʻq” - siyosatshunos.
Yevropaning tafakkuri shunday: agar bugun Ukraina qulasa va Rossiyaning taʼsiriga oʻtsa, domino effekti boshlanadi: Rossiyada imperiyachilik kayfiyati oshadi, postsovet hududi, xususan Markaziy Osiyo va Boltiqboʻyida provokatsiyalar koʻpayadi, oxir-oqibat Yevropa Ittifoqiga jiddiy oqibatlar yaratadi. Shu sabab Trampning pozitsiyasiga qaramay, Yevropaning Ukrainaga qoʻllovi barqaror qolmoqda, deydi Kamoliddin Rabbimov..
