Keshbekni toʻxtatish va markirovkani kengaytirish: soliqqa oid takliflar ekspertlar nazarida.
1 foizlik keshbek toʻxtatilishi evaziga aholi nima oladi, tejalgan 1,8 trillion soʻm qayerga sarflanadi? Yogʻni markirovkalash xarajati kimning zimmasiga tushadi? Ijtimoiy soliq imtiyozlari xodimlar daromadini haqiqatan ham oshirdimi, uni bekor qilish qanchalik toʻgʻri? Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov va iqtisodchi Otabek Bakirov Kun.uz bilan suhbatda hukumat idoralarining takliflarini muhokama qildi..
