12 800-yil avval Yerni nima sovitgan: kometami yoki vulqonlar?.
Taxminan 12 800-yil avval boshlangan keskin sovish sabablari haqidagi bahsga yangi tadqiqotlar qoʻshildi. Floridadagi choʻkindilarni oʻrgangan olimlar vulqon otilishlari izlarini aniqlaganini bildirmoqda. Grenlandiya muzlarini tahlil qilgan boshqa guruh esa topilmalarni kosmik jism zarbasi bilan bogʻlamoqda. Hozircha bu farazlardan birortasi masalaga uzil-kesil javob bergani yoʻq..
