Oʻzbekistonda 3 mingdan ziyod gaz balloni noqonuniy muomaladan olindi.
19–21-oktabr kunlari respublika boʻylab oʻtkazilgan reydlarda suyultirilgan gaz taʼminoti bilan bogʻliq 120 dan ortiq qonunbuzilish holati aniqlandi. Ularning 39 tasida gaz idoralari xodimlarining bevosita aloqadorligi qayd etilgan. Tadbirlarda 3 mingdan ziyod gaz balloni va 13 tonna 636 kilogramm suyultirilgan gaz ashyoviy dalil sifatida olingan..
