Yarim soniyada futbol maydonini bosib oʻtadi: Germaniyada oʻta tezkor dron sinaldi.
Germaniyaning Quantum Systems kompaniyasi elektr motorli Apex Recordhunter tajriba droni sinovda soatiga 777 kilometr tezlikka erishganini bildirdi. Bu yarim soniyada qariyb 110 metr masofani bosib oʻtishga teng. Biroq natija rasmiy rekord sifatida tan olinishi uchun yana bir parvoz oʻtkazilishi kerak..
