Boʻston tumani hokimining birdaniga ikki oʻrinbosari ozodlikdan mahrum qilindi.
Andijon viloyati Boʻston tumani hokimining investitsiya va qishloq xoʻjaligiga masʼul sobiq oʻrinbosarlari qamalgani maʼlum boʻldi. Ular oʻzaro til biriktirib, 65 mln soʻm pora olganlikda ayblangandi. Hokim oʻrinbosarlari fermer xoʻjaligining 500 ming dollarlik eksport rejasini fiktiv operatsiyalar bilan yopib bermoqchi boʻlishgan..
