Soʻxda yangi oʻrnatilgan beton “stolba” agʻanab fuqaroni bir oyogʻidan ayirdi.
Fargʻona viloyati Soʻx tumani Qizilqiyoq mahallasida yangi simyogʻoch oʻrnatilganidan bir kun oʻtib sinib ketdi. Beton 61 yoshli Mirzomamat Sohibnazarovning oyoq qismiga tushgan, oqibatda shifoxonaga olib borilgan bemorning oʻng oyogʻi kesib tashlangan. Bu Soʻx tumanida simyogʻochlarning qulashi bilan bogʻliq birinchi holat emas..
