Ukrainaning qarshi hujumi va Rossiyaning javob zarbalari: frontda nima gap?.
Ukraina Donbassdagi qarshi hujumlar natijasida 16 ta aholi punktini Rossiya nazoratidan qaytarganini maʼlum qildi. Rossiya ham hujumlarini davom ettirmoqda. Liman va Dobropillya atrofidagi janglar yuzasidan qarama-qarshi xabarlar bor. Odessa va Nikolayev portlari, energetika infratuzilmasi va neft korxonalariga berilayotgan zarbalar urushning iqtisodiy oqibatlarini kuchaytirmoqda..
