Beeline egasi Perfectum’ni sotib olishga kelishdi. Bitim qiymati - 207 mln dollar.
VEON xalqaro telekommunikatsiya guruhi Perfectum operatorining 100 foiz ulushini sotib olish boʻyicha kelishuvga erishdi. Qarzlarni ham hisobga olganda, bitim qiymati qariyb 207 mln dollarni tashkil etadi. Xaridni oktabr oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan..
