“Yuk mashinasining odam bosib ketishi birinchisi emas” – Buloqboshidagi dahshatli YTH tafsiloti.
10-oktabr kuni soat 9:40lar chamasida Andijon viloyati Buloqboshi tumani Neftchilar qishlogʻida tuproq ortilgan yuk mashinasi dovondan pastlikka tushayotganda tormoz tizimi ishlamay qolgan. Buning oqibatida “HOWO” yoʻl chetida turgan avtomashinalarga urilib ularni 30-40 metrgacha sudrab borib agʻdarilgan, atrofdagi doʻkonlar vayron boʻlgan..
