Fermerlar kengashi Piskent hokimining harakati yuzasidan prokuraturaga murojaat qildi.
Fermerlar kengashi fermerlarga “jonini sugʻurib olishi”ni aytgan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berishni soʻrab prokuraturaga murojaat kiritdi. Biznes-ombudsman ham holat nazoratga olinganini, huquqiy baho berilishini bildirdi..
