Mars tongi qanday koʻrinadi? Curiosity gʻayrioddiy qoyalarni suratga oldi.
NASA’ning Curiosity marsoxodi Marsdagi shamol taʼsirida yemirilgan gʻayrioddiy qoyalarni tonggi yorugʻlikda suratga oldi. Olti kadrdan yigʻilgan panoramada ranglarga odatdagi tuzatish kiritilmagani uchun Qizil sayyoraning ertalabki manzarasi tabiiy koʻrinishda saqlangan..
