Oʻzbekiston va Yevropa universitetlari qoʻshma magistrlik dasturini ochishi mumkin.
Budapeshtda Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Yevropa mamlakatlari universitetlari ishtirokida suv xoʻjaligini boshqarish va suv diplomatiyasi boʻyicha qoʻshma xalqaro magistrlik dasturini yoʻlga qoʻyish imkoniyati muhokama qilindi. Dasturni Erasmus+ doirasida tashkil etish masalasi koʻrib chiqilgan..
