Bir zarbada kamida 20 ofitser: «Mediazona» Rossiya armiyasining yirik yoʻqotishi haqida xabar berdi.
Ukrainaning 26-avgust kuni Donetskka bergan raketa zarbasi oqibatida kamida 20 nafar rossiyalik ofitser halok boʻlgan. «Mediazona» nashri buni Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli hujumi boshlanganidan buyon ofitserlar tarkibi orasidagi maʼlum boʻlgan eng katta bir martalik yoʻqotish deb baholadi..
